O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentning Mirobod tumanida yengil avto yondi

Dilafro'z Niyazova · 29.05.2026 · 16:50 · 510 views
Toshkentning Mirobod tumanida yengil avto yondi
Toshkentning Mirobod tumanida yengil avto yondi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Mirobod tumanida 28 may kuni yengil avtomobil yong‘ini qayd etildi, deb xabar qildi poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Yong‘in haqidagi xabar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 14:42 da kelib tushgan.

Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga ikki daqiqadan so‘ng — soat 14:44 da yetib kelgan. Yong‘in soat 14:48 da to‘liq bartaraf etilgan.

Idora maʼlumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.