Toshkentda Rayyan Kids Land bog‘chasi litsenziyasi bekor qilinishi mumkin
Toshkentda Rayyan Kids Land bog‘chasi litsenziyasi bekor qilinishi mumkin
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahridagi Rayyan Kids Land xususiy bolalar bog‘chasining litsenziyasi tarbiyalanuvchilardan biriga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik holati hamda yana oltita qo‘pol qoidabuzarlik aniqlanganidan so‘ng bekor qilinishi mumkin. Bu haqda shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar qildi.
Idora maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa 24 iyun kuni sodir bo‘lgan. Tarbiyachi bolaga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilgan. Shu munosabat bilan boshqarma maktabgacha taʼlim muassasasining litsenziyasini bekor qilish haqida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mazkur bog‘chada bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan videolar tarqalgan edi. Tekshiruv davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar 36 yoshli tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga nisbatan muntazam ravishda jismoniy kuch ishlatib kelganini aniqladi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bolalar olgan tan jarohatlarining xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.