O‘zbekiston Global Passport Index reytingida 123-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Global Passport Index reytingida 123-o‘rinni egalladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Global Citizen Solutions kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Global Passport Index reytingida 199 davlat va hudud orasida 123-o‘rinni egalladi.
Indeks pasportlarni bir nechta mezonlar asosida baholaydi. Ular qatoriga vizasiz safar qilish imkoniyatlari, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va hayot sifati kiradi.
Umumiy reytingda O‘zbekiston Marokash va Namibiya o‘rtasida joylashdi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni Qozog‘iston qayd etdi va 109-o‘rinni egalladi. Qirg‘iziston 127-o‘rindan, Tojikiston 140-o‘rindan, Turkmaniston esa 144-o‘rindan joy oldi.
Reytingning yetakchilari Shvetsiya, Shveysariya va Finlyandiya bo‘ldi. Ro‘yxatning eng quyi pog‘onalarini Muqaddas Taxt, Shimoliy Koreya va Afg‘oniston egalladi.