Murodbek Sherliyev YHXX xizmatiga rahbar etib tayinlandi
Murodbek Sherliyev YHXX xizmatiga rahbar etib tayinlandi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i etib Murodbek Sherliyev tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot kotibi maʼlum qildi.
Mazkur lavozimda Murodbek Sherliyev avval Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Sherzod Ibragimovning o‘rnini egalladi.
Yangi tayinlovga qadar Murodbek Sherliyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.