O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Yaponiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 03.07.2026 · 10:40 · 33 views
Oʻzbekiston va Yaponiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Muvaqqat ishlar vakili hamda Elchixona maslahatchisi Sinʼitiro Nakamura bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Yaponiyaning Keydanren (Japan Business Federation) delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Mazkur tashkilot 1 600 dan ortiq yirik kompaniya va 100 dan ziyod tarmoq uyushmalarini birlashtirgan bo‘lib, Yaponiya biznes hamjamiyatining eng nufuzli institutlaridan biri hisoblanadi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish, axborot texnologiyalari, energetika, moliya va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Shuningdek, sunʼiy intellekt, suv xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va smart texnologiyalar sohalarida Yaponiyaning ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Keydanren delegatsiyasining tashrifini yuqori saviyada tashkil etish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da faollashtirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.