Sport

O‘zbek hakamlari JCHning 1/8 final uchrashuvini boshqaradi

O‘zbek hakamlari JCHning 1/8 final uchrashuvini boshqaradi
O‘zbek hakamlari JCHning 1/8 final uchrashuvini boshqaradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida navbatdagi tayinlovni oldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.

Paragvay va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuviga Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi xizmat qiladi. Bosh hakam yordamchilari etib Andrey Sapenko va Timur G‘aynullin tayinlangan.

Uchrashuv 4 iyul kuni Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan boshlanish hushtagi 5 iyul kuni soat 02:00 da yangraydi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlumotiga ko‘ra, mazkur o‘yin AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar doirasida o‘tkaziladi. Uchrashuvda yuqori lavozimli davlat amaldorlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.