Veterinariya to'g'risidagi qonun loyihasi uchinchi o'qishda ma'qullandi
Veterinariya to'g'risidagi qonun loyihasi uchinchi o'qishda ma'qullandi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Davlat veterinariya nazorati takomillashtirilishi munosabati bilan “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasida “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonunga veterinariya sohasidagi asosiy prinsiplarni belgilashga, O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining veterinariya sohasiga oid vakolatlarini aniqlashtirishga, davlat, idoraviy, ishlab chiqarishdagi va xususiy veterinariya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan normalar o‘z aksini topmoqda.
Deputatlar qonun loyihasini maromiga yetkazishda davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilishga qaratilgan normalarni takomillashtirish, sohaga oid atama va normalarni milliy qonunchilik asosida Jahon savdo tashkilotining qoidalari va normalariga uyg‘unlashtirishga alohida ahamiyat qaratishdi.
Mazkur qonun loyihasininn qabul qilinishi veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga, davlat veterinariya xizmatini amalga oshirish va uning ustidan nazorat qilishda ochiqlikni ta’minlashga, shuningdek sohadagi ayrim talablarni Jahon savdo tashkilotining qoidalari va normalariga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.