O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Alsiyabi International infratuzilma loyihalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 02.07.2026 · 11:10 · 38 views
Oʻzbekiston va Alsiyabi International infratuzilma loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Alsiyabi International infratuzilma loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon «Alsiyabi International Group LLC» kompaniyasi raisi Salim Ali Siyabi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida infratuzilma, qurilish va turizm, tibbiy muassasalar barpo etish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi.

Xorij tomonining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishi, zamonaviy muhandislik va qurilish yechimlarini joriy etish, turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda development sohasida o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.