O‘zbekistonda 4,8 mln aholi ko‘p qavatli uylarda yashaydi
O‘zbekistonda 4,8 mln aholi ko‘p qavatli uylarda yashaydi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 4,8 million nafar aholi ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarda istiqomat qiladi. Bu maʼlumotlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki yakunlarida keltirilgan.
Ro‘yxatga olish maʼlumotlariga ko‘ra, kvartiralarda yashovchilar mamlakat umumiy aholisining 12,4 foizini tashkil etadi.
Aholining asosiy qismi — 33,3 million nafar yoki 85,3 foizi — yakka tartibdagi turar joylarda istiqomat qiladi.
Yana 927,3 ming nafar kishi, yaʼni aholining 2,3 foizi boshqa turdagi turar joylarda yashaydi. Bu toifaga dala hovlilari, talabalar va ishchilar yotoqxonalari, mehmonxonalar hamda boshqa yashash joylari kiradi.
Shunday qilib, O‘zbekiston aholisining yashash tarkibida yakka tartibdagi turar joylar ustunligi hanuz saqlanib qolmoqda.