O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qo‘qonda “Umra” tadbirlarini noqonuniy tashkil etish holati aniqlandi

Dilafro'z Niyazova · 12.08.2026 · 14:10 · 30 views
Qo‘qonda “Umra” tadbirlarini noqonuniy tashkil etish holati aniqlandi
Qo‘qonda “Umra” tadbirlarini noqonuniy tashkil etish holati aniqlandi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida “Umra” tadbirlarini noqonuniy tashkil etish holati aniqlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

«DXB tour» MCHJ rahbari U.M. tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda ikki nafar fuqaroni umra ziyoratiga yuborishga vaʼda bergan va xizmatlari uchun 2600 dollar talab qilgan.

Holat 2026 yil 5 avgust kuni Qo‘qon shahrida aniqlangan. Mazkur shaxsga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.