O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Andijonda ayol to‘rt nafar farzandni dunyoga keltirdi

Dilafro'z Niyazova · 25.08.2026 · 21:37 · 368 views
Andijonda ayol to‘rt nafar farzandni dunyoga keltirdi
Andijonda ayol to‘rt nafar farzandni dunyoga keltirdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatida ayol to‘rt nafar farzandni dunyoga keltirdi. Tug‘ruq Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filialida amalga oshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Andijon tumanida yashovchi Dildoraxon Ahmedova 20 avgust kuni ko‘p homilali homiladorlik tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar kesarcha kesish operatsiyasini o‘tkazishga qaror qilgan.

Tug‘ruq akusher-ginekologlar, neonatologlar va reanimatologlar ishtirokida o‘tkazildi. Natijada uch nafar qiz va bir nafar o‘g‘il dunyoga keldi.

Birinchi bo‘lib 1 840 gramm vaznli qizaloq tug‘ildi. Ikkinchi bo‘lib 1 534 gramm vaznli o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi. Uchinchi chaqaloq — 1 584 gramm vaznli qiz, to‘rtinchisi esa 1 756 gramm vaznli qiz bo‘ldi.

Hozirda ona va to‘rt nafar chaqaloq tibbiyot mutaxassislarining nazorati ostida.