O‘zbekistonda 85 yoshdan oshgan aholi soni 169 mingga yetdi
O‘zbekistonda 85 yoshdan oshgan aholi soni 169 mingga yetdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatda 85 yosh va undan katta bo‘lgan aholi soni 168 973 nafarga yetgan.
Eng ko‘p sonli yosh toifasini 0–4 yoshli bolalar tashkil qildi — 4 607 149 nafar. 5–9 yosh toifasida 3 859 606 nafar, 10–14 yoshda 3 406 515 nafar, 15–19 yoshda esa 3 155 802 nafar aholi yashaydi.
20–24 yoshdagi aholi soni 2 662 250 nafarni, 25–29 yoshdagilar 2 649 263 nafarni, 30–34 yoshdagilar 3 167 974 nafarni, 35–39 yoshdagilar 3 090 226 nafarni, 40–44 yoshdagilar esa 2 687 261 nafarni tashkil etdi.
45–49 yosh toifasida 2 242 676 nafar, 50–54 yoshda 1 913 838 nafar, 55–59 yoshda 1 647 864 nafar, 60–64 yoshda 1 471 110 nafar va 65–69 yoshda 1 174 839 nafar aholi istiqomat qiladi.
70–74 yoshdagi aholi soni 669 046 nafarni, 75–79 yoshdagilar 342 554 nafarni, 80–84 yoshdagilar 130 375 nafarni tashkil etdi. 85 yosh va undan katta bo‘lgan fuqarolar soni esa 168 973 nafarga yetdi.
Ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari O‘zbekistonda qariyb 169 ming nafar 85 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar istiqomat qilayotganini ko‘rsatmoqda.