O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkentda «O‘zbekiston — Finlyandiya» biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

UzDaily · 23.10.2025 · 13:00 · 1584 views
Toshkentda «O‘zbekiston — Finlyandiya» biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda «O‘zbekiston — Finlyandiya» biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 31 oktyabr kuni Toshkent shahrida «O‘zbekiston — Finlyandiya» biznes-forumi tashkil etiladi.

Tadbir sanoat innovatsiyalari, konchilik, metallurgiya va barqaror iqtisodiy hamkorlik sohalarida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga, shuningdek, aniq amaliy natijalarga erishishga qaratilgan.

Forum doirasida ikki davlat kompaniyalari o‘rtasida B2B va G2B formatda uchrashuvlar o‘tkazilib, ishbilarmon doiralar vakillari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlari yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb 2025 yil 30–31 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

UzDaily · 👁 1584 views · 23.10.2025 · 13:00