7
Turizm

Toshkentda IHT Kotibiyati huzuridagi Turizm bo‘yicha maslahat qo‘mitasining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi

Toshkentda IHT Kotibiyati huzuridagi Turizm bo‘yicha maslahat qo‘mitasining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi
Toshkentda IHT Kotibiyati huzuridagi Turizm bo‘yicha maslahat qo‘mitasining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 26-noyabr kuni Toshkentda turizm haftaligi doirasida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Kotibiyati huzuridagi Turizm bo‘yicha maslahat qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur platforma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yilda Toshkentda o‘tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida ilgari surilgan tashabbusga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi turizm sohasini rivojlantirish, a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma sayyohlik loyihalarini amalga oshirishdan iborat. 

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda IHT Kotibiyati, tashkilotga a’zo davlatlarning turizm idoralari vakillari, xususiy sektor hamda mutaxassislari ishtirok etdilar. 

Yig‘ilishda asosiy e’tibor mintaqada turizmni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini muhokama qilish, tajriba almashish, davlat organlari va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish, shuningdek, barqaror turizm amaliyotlarini rag‘batlantirish masalalariga qaratildi. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan taklif etilgan “Turizm sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi” alohida ko‘rib chiqildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.