O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda avtobus beton to‘siqqa urilib ketdi

Dilafro'z Niyazova · 29.01.2025 · 18:19 · 604 views
Toshkentda avtobus beton to‘siqqa urilib ketdi
Toshkentda avtobus beton to‘siqqa urilib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28-yanvar kuni Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobusi beton to‘siqqa urilib ketdi, deb xabar beradi YHXBB matbuot xizmati.

Hodisa soat 23:00 atrofida Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasida sodir bo‘lgan. 48 yoshli KINGLONG rusumli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l qismini ajratuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.

YTH natijasida jabrlanganlar qayd etilmagan.

YHXBB xodimlari hodisa bo‘yicha tergov ishlarini boshladi.