O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Toshkent Xitoydan kelgan biznes delegatsiyasi bilan investitsiyalarni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 20.08.2026 · 15:40 · 38 views
Toshkent Xitoydan kelgan biznes delegatsiyasi bilan investitsiyalarni muhokama qildi
Toshkent Xitoydan kelgan biznes delegatsiyasi bilan investitsiyalarni muhokama qildi / Foto: Toshkent shahar turizm departamenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Chjejiang viloyati, Cixi shahri Ayol tadbirkorlar assotsiatsiyasi hamda “Ningbo Kadiya Electric Co., Ltd.” kompaniyasi vakillaridan iborat 30 kishilik biznes delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining Xitoy masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda Turizm boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida Toshkent shahrining investitsiyaviy va sanoat salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida delegatsiya vakillari uchun Toshkent shahrining investitsiyaviy salohiyati va xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga bag‘ishlangan taqdimot ham o‘tkazildi. Unda investorlarga taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, erkin va maxsus iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritish imkoniyatlari, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va mahalliy tadbirkorlar bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, “Ningbo Kadiya Electric Co., Ltd.” kompaniyasi bilan maishiy va iqlim texnikalarini O‘zbekistonda yig‘ish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, mahalliy hamkorlar bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda zamonaviy “aqlli uy” texnologiyalari sohasida tajriba almashish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

“Ningbo Kadiya Electric Co., Ltd.” 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1 000 nafardan ortiq xodimga ega. Korxona zamonaviy maishiy va iqlim texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, uning mahsulotlari dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash hamda kelgusida amaliy aloqalarni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishib oldilar.