O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkent aeroportida milliy gastronomiya do‘koni uchun maydon auksionga qo‘yildi

UzDaily tahririyati · 06.07.2026 · 19:10 · 33 views
Toshkent aeroportida milliy gastronomiya do‘koni uchun maydon auksionga qo‘yildi

Toshkent aeroportida milliy gastronomiya do‘koni uchun maydon auksionga qo‘yildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportida milliy gastronomiya do‘koni tashkil etish uchun E-auksion elektron savdo platformasida tijorat lotini auksionga qo‘ydi.

Auksionga jo‘nab ketish zalining ikkinchi qavatida, yo‘lovchilar samolyotga chiqishni kutish zonasida joylashgan “Art Bazar” savdo pavilyonidagi 66 kvadrat metr maydon qo‘yilgan. Ushbu joy milliy gastronomiya do‘konini ochish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yo‘lovchilarga an’anaviy o‘zbek mahsulotlari hamda gastronomik suvenirlar taklif etiladi. Asosiy talab — mahsulotlar yagona uslubda taqdim etilishi hamda milliy ruhni aks ettiruvchi brendlangan, dizaynli qadoqlarda bo‘lishi kerak.

Potensial ijarachilarga qo‘yilgan boshqa talablar, ijara shartlari hamda savdolarda ishtirok etish qoidalari E-auksion elektron savdo platformasidagi lot kartochkasida joylashtirilgan. Auksion shartlariga ko‘ra, savdolar davomida boshlang‘ich narxlar kamida 5 foizga oshishi mumkin.

Auksion 2026-yil 15-iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ishtirok etish shartlari bilan tanishish va ariza topshirish E-auksion elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi.