O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkent ACWA Power bilan energiya samaradorligi loyihalarini muhokama qildi

UzDaily · 06.05.2026 · 23:32 · 619 views
Toshkent ACWA Power bilan energiya samaradorligi loyihalarini muhokama qildi
Toshkent ACWA Power bilan energiya samaradorligi loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov Dubayning  “ACWA Power” kompaniyasi raisi Mohammad Abunayyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Toshkent shahrida zamonaviy, barqaror va energiya samarador yechimlarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha fikr almashildi.