O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Tojikiston prezidenti Samarqandga keldi

Dilafro'z Niyazova · 03.04.2025 · 15:55 · 529 views
Tojikiston prezidenti Samarqandga keldi
Tojikiston prezidenti Samarqandga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so‘ng, Tojikiston Respublikasi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.