O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

TIIF qoshidagi Oʻzbekiston-Saudiya Arabistoni Biznes Kengashi natijalari: aeroport, maʼlumotlar markazi va infratuzilma loyihalari

UzDaily · 20.06.2026 · 23:15 · 30 views
TIIF qoshidagi Oʻzbekiston-Saudiya Arabistoni Biznes Kengashi natijalari: aeroport, maʼlumotlar markazi va infratuzilma loyihalari

TIIF qoshidagi Oʻzbekiston-Saudiya Arabistoni Biznes Kengashi natijalari: aeroport, maʼlumotlar markazi va infratuzilma loyihalari

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov 200 ga yaqin yirik tadbirkorlani jamlagan Oʻzbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashining 7-yigʻilishida ishtirok etdi.

Tadbirda strategik infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolandi.

Tomonlar yangi xalqaro aeroport qurilishi, suv xoʻjaligi tizimlarini modernizatsiya qilish, markazlashtirilgan sovitish tizimini joriy etish, shuningdek, chiqindilarni boshqarish va oʻzaro franchayzingni rivojlantirish loyihalari boʻyicha kelishuvlarni imzoladilar.

Raqamlashtirish sohasidagi yana bir ulkan qadam DataVolt kompaniyasi hamda nufuzli xalqaro moliya institutlari konsorsiumi oʻrtasidagi bitim boʻldi.

Ushbu kelishuv IT Park Tashkent hududida zamonaviy maʼlumotlarni qayta ishlash markazini (data-markaz) barpo etish uchun moliyalashtirishni ochib beradi.

UzDaily · 👁 30 views · 20.06.2026 · 23:15