O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

TBC Bank ustav kapitaliga 240 mlrd. so‘m qo‘shmoqda

Dilafro'z Niyazova · 12.02.2026 · 12:40 · 1090 views
TBC Bank ustav kapitaliga 240 mlrd. so‘m qo‘shmoqda
TBC Bank ustav kapitaliga 240 mlrd. so‘m qo‘shmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — TBC Bank 240 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha oddiy aksiyalarni chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) mazkur aksiyalarning emissiyasini 2026 yil 9 fevralda rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Bank aksiyadorlari tomonidan 2026 yil 16 yanvarda qabul qilingan qarorga ko‘ra (qvorum — 100%) yangi emissiya TBC Digital kompaniyasiga bozordagi nominal qiymat — 1 000 so‘mdan joylashtirilishi belgilangan.

To‘lov milliy valyutada naqd pul orqali amalga oshiriladi.

Emissiya doirasida 240 mln. ta aksiya chiqarilgan bo‘lib, bu 240 000 000 000 so‘m umumiy emissiya miqdoriga to‘g‘ri keladi.