O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

So‘mdagi omonatlar bo‘yicha stavka 17,6 foizga tushdi

UzDaily tahririyati · 05.08.2026 · 17:40 · 29 views
So‘mdagi omonatlar bo‘yicha stavka 17,6 foizga tushdi
So‘mdagi omonatlar bo‘yicha stavka 17,6 foizga tushdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha nominal foiz stavkasi 2026 yil iyun oyi yakunlariga ko‘ra 17,6 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foiz bandiga pasaygan. Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.

Shu bilan birga, inflyatsiya jarayonlarining barqarorlashuvi fonida so‘mdagi muddatli omonatlar bo‘yicha real foiz stavkalari nisbatan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Jismoniy shaxslar uchun real foiz stavkasi 8,3 foizga yetdi. Bu 2025 yil iyun oyiga nisbatan 1,1 foiz bandiga yuqori.

Yuridik shaxslar uchun mazkur ko‘rsatkich 4,9 foizni tashkil etdi va yillik hisobda 0,5 foiz bandiga pasaydi.

Xorijiy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha o‘rtacha nominal foiz stavkasi 4,5 foizni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 0,1 foiz bandiga kamaygan.