O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Tashrif doirasida Ozarbayjon parlamenti Raisi bilan o‘tgan uchrashuvda istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Dilafro'z Niyazova · 20.02.2025 · 13:30 · 546 views
Tashrif doirasida Ozarbayjon parlamenti Raisi bilan o‘tgan uchrashuvda istiqbolli rejalar muhokama qilindi
Tashrif doirasida Ozarbayjon parlamenti Raisi bilan o‘tgan uchrashuvda istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 19-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashdi.

Unda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan rejalari ijrosi muhokama qilindi.

Suhbat davomida birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon Parlamentlararo forumini o‘tkazish, parlament qo‘mitalari va do‘stlik guruhi aʼzolarining yaqin aloqalarini yana-da mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar xalqaro tadbirlarda parlament vakillarining faol ishtirokini taʼminlashga ham eʼtibor qaratib, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida samarali muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldi.