O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

Dilafro'z Niyazova · 21.05.2025 · 21:25 · 705 views
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi:

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining (TIF TN) kodlarini Jahon bojxona tashkiloti va Jahon savdo tashkilotining qoidalari asosida yuritish;

import bojxona bojlari va TIF TN kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirish.

Qaror bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasniflash kodlari ro‘yxati tasdiqlandi.

2027 yildan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini inobatga olib TIF TNni boj tarifi bilan birgalikda yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.