Tadbirkorlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi belgilandi

Tadbirkorlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi belgilandi

Tadbirkorlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom tadbirkorlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning yagona reyestrini (yagona reyestr) shakllantirish hamda yangilab borish tartibini belgilaydi.

Imtiyoz va preferensiyalar haqidagi maʼlumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidiya.mf.uz” platformasida shakllantiriladi hamda o‘zaro integratsiya orqali YAIDXPda bepul taqdim etiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari tadbirkorlarga taqdim etishga o‘zi masʼul bo‘lgan imtiyoz va preferensiyalar hamda ular haqidagi quyidagi maʼlumotlarni “subsidiya.mf.uz” platformasidagi reyestrga joylashtiradi: imtiyozning nomi va turi, imtiyozni taqdim etish belgilangan normativ-huquqiy hujjat nomi, raqami, sanasi va havolasi, imtiyozning amal qilish muddati, taqdim etish doirasi, imtiyoz taqdim etiladigan sohalar, imtiyoz oluvchi subyekt toifasi va boshqalar.

Yagona reyestrga kiritiladigan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar to‘liq va ishonchli bo‘lishi kerak.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling