O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Suxrob Hamroyev va Abrorjon Xudoyberganov “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari etib tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 17.02.2026 · 20:59 · 933 views
Suxrob Hamroyev va Abrorjon Xudoyberganov “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari etib tayinlandi
Suxrob Hamroyev va Abrorjon Xudoyberganov “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosarlarining yangi tayinlovlari haqida maʼlum qildi.

Suxrob Hamroyev moliya, transformatsiya va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bungacha respublika miqyosidagi bir qator vazirliklar va davlat idoralarida, shuningdek ekspert agentliklarida hamda neft-gaz va energetika sohalarida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Abrorjon Xudoyberganov boshqaruv raisining qayta ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U mehnat faoliyatini qurilish nazorati inspektori lavozimidan boshlagan bo‘lib, keyingi yillarda qator rahbarlik va masʼul vazifalarda ishlab kelgan.