Sumou Holding kompaniyasi Yangi Toshkentdagi turar-joy majmuasi loyihasini muhokama qildi
Sumou Holding kompaniyasi Yangi Toshkentdagi turar-joy majmuasi loyihasini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”da Saudiya Arabistonining “Sumou Holding Company” mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda asosiy masala aholi uchun zamonaviy turar joy majmuasini barpo etish investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Saudiya Arabistonining “Sumou Holding” kompaniyasi 2007-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uy-joy, ko‘chmas mulk qurilishi bo‘yicha yetakchi. Kompaniya 2025-yilda Ar-Riyod, Dammam va Al-Xobar shaharlarida 800 ta turar joy binolarini barpo etish bo‘yicha 533 mln dollarlik shartnoma imzolagan.
“Sumou Holding” “Forbes Middle East” reytingida Arab dunyosidagi TOP-100 kompaniyalardan biri deb topilgan. U kelajak shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha loyiha boshqaruvi, tahlil va investitsiya xizmatlarini taklif etmoqda.
Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari Yangi Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan yirik qurilish obyektlari bilan tanishdi.