Soliq qo‘mitasi my.soliq.uz va my3.soliq.uz portallarini birlashtirmoqda

Soliq qo‘mitasi my.soliq.uz va my3.soliq.uz portallarini birlashtirmoqda

Soliq qo‘mitasi my.soliq.uz va my3.soliq.uz portallarini birlashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi my.soliq.uz va my3.soliq.uz elektron portallarini yagona raqamli platformaga birlashtirishini eʼlon qildi. Ushbu qaror davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda soliq to‘lovchilar uchun raqamli servislarni yana-da rivojlantirishga qaratilgan.

Idora maʼlumotiga ko‘ra, asosiy vositalar va funksiyalar allaqachon zamonaviy my3.soliq.uz platformasiga ko‘chirilgan. Shu munosabat bilan portalning eski versiyasi bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqariladi.

Yangilangan tizimga o‘tish iyun oyining birinchi o‘n kunligida boshlanadi. 10 iyundan boshlab my.soliq.uz portaliga kirishga uringan foydalanuvchilar avtomatik tarzda my3.soliq.uz platformasiga yo‘naltiriladi.

Soliq qo‘mitasida taʼkidlanishicha, foydalanuvchilar uchun odatiy ishlash shartlari saqlab qolinadi. Elektron xizmatlar to‘liq hajmda ishlashda davom etadi, shaxsiy kabinetlar va to‘plangan maʼlumotlar esa o‘zgarishsiz ko‘chiriladi.

Tizimda qayta ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi. Shuningdek, elektron servislardan foydalanishning amaldagi qoidalari va tartibi ham saqlanib qoladi.

Idora maʼlumotiga ko‘ra, modernizatsiya natijasida soliq organlari bilan raqamli o‘zaro hamkorlikning barcha vositalari bitta zamonaviy platformada jamlanadi va soliq to‘lovchilar uchun davlat xizmatlaridan yana-da qulay foydalanish imkoniyati yaratiladi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling