O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Sirdaryoda sudya pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Dilafro'z Niyazova · 14.04.2026 · 18:40 · 601 views
Sirdaryoda sudya pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi
Sirdaryoda sudya pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi / Foto: Surat xavfsizlik.uz tomonidan videodan olingan.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyatida iqtisodiy sud sudyasi 3,6 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi xabar qildi.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur pul mablag‘lari Guliston shahrida faoliyat yurituvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan biri foydasiga kassatsiya instansiyasida qaror chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.

Qo‘lga olish tezkor tadbir davomida amalga oshirilgan. Aniqlanishicha, Sirdaryo viloyati iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi ko‘rilayotgan ishda tomonlardan biriga mukofot evaziga yordam berishni vaʼda qilgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Rasmiylar qo‘shimcha maʼlumotlar keyinroq taqdim etilishini bildirishgan.

\