O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Seulda Toshkentning investitsiya salohiyati namoyish etildi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 21:40 · 31 views
Seulda Toshkentning investitsiya salohiyati namoyish etildi

Seulda Toshkentning investitsiya salohiyati namoyish etildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 23-iyul kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida Toshkent shahri delegatsiyasi ishtirokida G2B — Government-to-Business formatidagi investitsiya forumi o‘tkazildi.

Tadbir Toshkent shahri delegatsiyasi, “Yangi Avlod” Maxsus sanoat zonasi direksiyasi hamda “Tashkent Invest Company” AJ ishtirokida tashkil etildi.

Forum davomida Korea Export-Import Association (KOEIA) rahbariyati va unga a’zo kompaniyalar vakillariga Toshkent shahrining investitsiya salohiyati, “Yangi Avlod” Maxsus sanoat zonasida investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etildi.

Shuningdek, sanoat, logistika, farmatsevtika, kosmetika, sun’iy intellekt, suv texnologiyalari va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Forum doirasida koreyalik tadbirkorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.