Senat Raisi Istanbulda xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Senat Raisi Istanbulda xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Senat Raisi Istanbulda xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiyaning Istanbul shahrida Parlamentlararo ittifoqning 152-assambleyasi doirasida xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Marlen Mamataliyev bilan muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik izchil rivojlanayotgani taʼkidlandi. O‘zaro tashriflar va xalqaro maydonlardagi muloqotlar ushbu hamkorlikni yanada mustahkamlayotgani qayd etildi. Hududlarda o‘tkazilayotgan Parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha komissiya yig‘ilishlari esa amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.

Pokiston Islom Respublikasi Senati Raisi Yusuf Rizo Giloniy bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy muloqot yuqori darajada ekani taʼkidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil fevral oyida Islomobodga tashrifi strategik sheriklik rivojiga yangi surʼat bag‘ishlagani taʼkidlandi. Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.

Bahrayn Qirolligi Milliy Majlisi Maslahat kengashi (Shura kengashi) Raisi Ali bin Solih As-Solih bilan uchrashuvda esa ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi tarixiy-madaniy va diniy aloqalar mushtarakligi taʼkidlandi. Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanligini bildirdilar.

Uchrashuvlar davomida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish va xalqaro muloqotni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling