Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirliog‘lu bilan uchrashuv o‘tkazilgani haqida maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida YXHT bosh kotibi yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifidan va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan iliq taassurotlar olganini taʼkidlagan. Shuningdek, YXHT tomoni o‘zbek tomoni ilgari surayotgan tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanini tasdiqlagan.
Tomonlar hamkorlikning kelgusi yo‘nalishlarini muhokama qildi. Jumladan, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ilgari surish, shuningdek sud-huquq sohasidagi islohotlar masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlandi.