Saida Mirziyoyeva YUNEP bilan ekologik hamkorlikni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva YUNEP bilan ekologik hamkorlikni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva YUNEP bilan ekologik hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Assambleya doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP) ijroiya direktori Inger Andersen, shuningdek Global ekologik fondning bosh ijrochi direktori Klod Gaskon bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb ekologik masalalarni muhokama qildilar. Eʼtibor markazida cho‘llanish va yer degradatsiyasiga qarshi kurash, havo sifati monitoringi, biorang-baranglikni saqlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish choralari bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva YUNEP va Global ekologik fond rahbariyatiga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “yashil” islohotlarni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda amaliy ekologik yechimlarni ilgari surishdagi hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, ushbu xalqaro tashkilotlar faoliyati barqaror rivojlanishni taʼminlash va ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, Samarqandda o‘tkazilgan tarixiy Fond Assambleyasining muvaffaqiyatli tashkil etilgani qayd etilib, ishtirokchilarga ushbu tadbir munosabati bilan tabriklar yo‘llandi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling