Saida Mirziyoyeva Fransiya TIV rahbari bilan strategik sheriklikni rivojlantirishni muhokama qildi
Saida Mirziyoyeva Fransiya TIV rahbari bilan strategik sheriklikni rivojlantirishni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan mazmunli muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari bo‘lib o‘tgan suhbat yakunlari bo‘yicha maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Fransiya Yevropa makonida O‘zbekistonning asosiy strategik sheriklaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik energetika, transport sohasi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, shuningdek taʼlim va sog‘liqni saqlash kabi strategik muhim yo‘nalishlarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Fransiya bilan, shuningdek butun Yevropa mintaqasi bilan ko‘p qirrali sheriklikni kelgusida ham har tomonlama mustahkamlashga qatʼiy intilishi taʼkidlandi. Shu bilan birga, respublika Markaziy Osiyoda ishonchli, barqaror va prognoz qilinishi mumkin bo‘lgan sherik bo‘lib qolishga sodiq ekanini tasdiqladi.