O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Saida Mirziyoeva fransuz biznesi bilan loyihalarni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 10:50 · 30 views
Saida Mirziyoeva fransuz biznesi bilan loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoeva fransuz biznesi bilan loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda delegatsiyaga MEDEF International huzuridagi O‘zbekiston–Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi hamda Orano kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Klod Imoven boshchilik qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. Ustuvor sohalar qatorida energetika, taʼlim, suv taʼminoti, transport va shahar infratuzilmasi qayd etildi.

Saida Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, mazkur uchrashuv avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan muloqotning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muzokaralarning boshqa tafsilotlari maʼlum qilinmadi.