O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Germaniya migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Dilafro'z Niyazova · 26.08.2026 · 18:05 · 32 views
O‘zbekiston va Germaniya migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Germaniya migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Migratsiya agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Bexzod Musayev Germaniyaning O‘zbekistonda yaqinda tayinlangan elchisi Mattias Follert bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyada tartibli ishga joylashtirishni kengaytirish, kasbiy tayyorgarlik va nemis tilini o‘rganish masalalarini muhokama qildi.

 

Uchrashuvda Germaniya mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Germaniyada tibbiyot xodimlari, haydovchilar, mehmonxona va restoran sohasi mutaxassislari, shuningdek, texnik kasb vakillariga talab yuqori bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston tomoni Germaniya ish beruvchilarining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda fuqarolarni kasbiy tayyorlash dasturlarini kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari, tomonlar Germaniyada ishlashni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirishga kelishib oldi.

Tomonlar hamkorlikka Germaniyaning yangi ish beruvchilari va taʼlim muassasalarini jalb qilishni ham rejalashtirmoqda. Bu O‘zbekiston fuqarolarini tartibli ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarni Germaniya mehnat bozorida ishlashga tayyorlash imkonini berishi kutilmoqda.