“Rostex” “Innoprom”da 50 dan ortiq ishlanmani taqdim etadi

“Rostex” “Innoprom”da 50 dan ortiq ishlanmani taqdim etadi

“Rostex” “Innoprom”da 50 dan ortiq ishlanmani taqdim etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Rostex” davlat korporatsiyasi 20–22 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro ko‘rgazmasida sanoatning turli tarmoqlariga oid 50 dan ortiq ishlanmani namoyish etadi. Bu haqda korporatsiyaning rasmiy bayonotida aytilgan.

Ekspozitsiyaga aviatsiya, dvigatelsozlik, tibbiyot, energetika sohalaridagi yechimlar, shuningdek gazni tashish uchun mo‘ljallangan uskunalar kiritiladi. “Rostex”da taʼkidlanishicha, taqdim etiladigan ishlanmalar xorijiy buyurtmachilar qiziqishiga mo‘ljallangan.

Xalqaro maydonda ilk bor sanoat, tijorat va turar joy obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashga mo‘ljallangan APN-30 mobil qurilmasi namoyish etiladi.

Gaz transporti sohasi uchun UGPA-16(25) agregati, shuningdek Birlashgan dvigatelsozlik korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan AL-31ST va NK-14ST dvigatellari taqdim etiladi.

Bundan tashqari, korporatsiya «Yuqori aniqlikdagi komplekslar» xoldingiga tegishli maxsus texnika namunalarini ham ko‘rsatadi. Ular qatoriga “ANT” mini-yuklagichi, “ANT-1000-PM” robotlashtirilgan yong‘in o‘chirish majmuasi va MGR-4 “Shmel” gumanitar minasizlantirish mashinasi kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling