Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Markaziy harbiy okrugiga qarashli 201-gvardiya harbiy bazasi harbiy xizmatchilari “Hamkorlik-2026” qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi.
Rossiya harbiy bo‘linmalari harbiy va maxsus texnikada Tojikiston hamda O‘zbekistonning tog‘li hududlari bo‘ylab 300 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, “Termiz” poligoniga yetib keldi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi xabar berdi.
Yetib kelganidan so‘ng Rossiya harbiylari texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va uni o‘quv mashg‘ulotlarining faol bosqichiga tayyorlashga kirishdi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari 20–27 oktyabr kunlari “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tadi.
Manyovrlar davomida ikki mamlakat harbiy xizmatchilari chegaraoldi hududlarida shartli noqonuniy qurolli tuzilmaning kichik guruhlarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha hamkorlikda harakatlanishni mashq qiladi.
O‘quv mashg‘ulotlariga tog‘ va shturm bo‘linmalari, razvedka va zarba berishga mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish apparatlari ekipajlari, yer usti robototexnika majmualari, shuningdek, Mi-24 vertolyotlari jalb etiladi.