O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Roblox O'zbekistonda QQS uchun ro'yxatdan o'tdi

Dilafro'z Niyazova · 10.02.2026 · 14:47 · 654 views
Roblox O'zbekistonda QQS uchun ro'yxatdan o'tdi
Roblox O'zbekistonda QQS uchun ro'yxatdan o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amerikaning Roblox Corporation rasman O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida soliq hisobidan o‘tdi.

Global o‘yin platformasi 9-fevral kuni Yirik soliq to‘lovchilar uchun mintaqalararo soliq inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, respublikada elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar QQS uchun ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Roblox 2026-yil boshidan beri O‘zbekistonda o‘z faoliyatini qonuniylashtirgan yirik xalqaro texnologiya kompaniyalaridan biriga aylandi.

Shuningdek, soliq organlarida Steam o‘yin platformasi egasi — Valve Corporation hamda Claude chat-botini ishlab chiqaruvchi Anthropic PBC kompaniyalari ham ro‘yxatdan o‘tdi.