O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qurilish vazirligi Toshkentdagi qurilish chuquri o‘pirilishiga izoh berdi

UzDaily tahririyati · 03.08.2026 · 12:04 · 25 views
Qurilish vazirligi Toshkentdagi qurilish chuquri o‘pirilishiga izoh berdi
Qurilish vazirligi Toshkentdagi qurilish chuquri o‘pirilishiga izoh berdi / Foto: Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Toshkentdagi qurilish maydonida qurilish chuqurining bir qismi o‘pirilishi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan izoh berdi.

Idora maʼlum qilishicha, hodisa haqidagi maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tegishli tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda zudlik bilan voqea joyiga chiqqan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa poytaxtning Olmazor tumanidagi “Orzular” mahallasi hududida joylashgan mehmonxona qurilishi maydonida sodir bo‘lgan. Qurilish chuqurini qazish ishlari davomida pudrat tashkilotining ehtiyotsiz harakatlari oqibatida qurilish chuqurining bir qismi o‘pirilib tushgan.

Hozirgi vaqtda obyektda hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.