O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Moliya

«Poytaxt bank» regulyator sinov maydonchasi ishtirokchisi bo‘ldi

Dilafro'z Niyazova · 03.08.2026 · 12:40 · 445 views
«Poytaxt bank» regulyator sinov maydonchasi ishtirokchisi bo‘ldi
«Poytaxt bank» regulyator sinov maydonchasi ishtirokchisi bo‘ldi / Foto: ILMA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi «Poytaxt bank» AJni kapital bozori sohasidagi «Regulyator sinov maydonchasi» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Maxsus huquqiy rejim doirasida bank xorijiy valyutada nominallashtirilgan obligatsiyalarning emitenti sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.

Bunday obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, muomalaga kiritish va so‘ndirish ishlari 2026 yil 29 aprelda 3826-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Kapital bozori sohasidagi "Regulyator sinov maydonchasi" maxsus huquqiy rejimi doirasida xorijiy valyutada ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, muomalaga kiritish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.