O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qirg‘iziston prezidenti “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi

Dilafro'z Niyazova · 03.04.2025 · 15:45 · 369 views
Qirg‘iziston prezidenti “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi
Qirg‘iziston prezidenti “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3 aprel kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so‘ng, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.