O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qashqadaryoda litsenziyasiz ishlagan dorixona fosh etildi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 21:45 · 28 views
Qashqadaryoda litsenziyasiz ishlagan dorixona fosh etildi

Qashqadaryoda litsenziyasiz ishlagan dorixona fosh etildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar litsenziyasi bekor qilinganidan keyin ham dori vositalarini sotishni davom ettirgan dorixona faoliyatiga chek qo‘ydi.

Qashqadaryo viloyati Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament boshqarmasi maʼlum qilishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida “H.B.” xususiy korxonasi rahbari M. U. korxona litsenziyasi sud qarori bilan bekor qilinganiga qaramasdan, dori vositalari va tibbiy maqsaddagi buyumlarni chakana sotish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, litsenziyaning amal qilishi tugatilganidan keyin korxona jami 2,4 mlrd so‘mlik dori vositalarini sotgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.