O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga qanday imtiyoz berilyapti?

Dilafro'z Niyazova · 19.02.2025 · 16:25 · 607 views
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga qanday imtiyoz berilyapti?
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga qanday imtiyoz berilyapti?

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda ko‘rib chiqilgan navbatdagi hujjat — parrandachilik sohasini rivojlantirish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun loyihasi bo‘ldi.

Mazkur qonun loyihasi bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etish belgilanmoqda.

Shu bilan birga, 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bino-inshootlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘i, shuningdek, ijaraga berilgan obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi parrandachilik korxonalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, parrandachilik sohasida zamonaviy genetik texnologiyalarni joriy etish uchun qulay shart-sharoit yaratishga, bolalarga yaratiladigan shart-sharoitlarni yaxshilash, bolalarni sog‘lomlashtirish va aqliy rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.