“Oʻzbekneftgaz” Schlumberger bilan hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” Schlumberger bilan hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” Schlumberger bilan hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Baku Energy Week – 2026” xalqaro energetika haftaligi doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov hamda "Schlumberger" delegatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar avvalida tomonlar neft-gaz sohasidagi o‘zaro hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.

Abdug‘ani Sanginov Boku shahrida o‘tayotgan energetika haftaligi doirasida kompaniya vakillari bilan yana bir bor uchrashishdan mamnun ekanini bildirib, yaqinda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalari amaliy bosqichga o‘tayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda erishilgan muhim kelishuvlar muhokama qilindi. Xususan, “Schlumberger” va “Uzbekgeofizika” brendi ostida qo‘shma markaz tashkil etish, perforatsiya zaryadlarini qo‘llash va ularni ikkita quduqda sinovdan o‘tkazish, shuningdek, “Schlumberger” kompaniyasining quduq burg‘ilash modelini joriy etish masalalari yuzasidan amaliy ishlar boshlangani eslatib o‘tildi.

Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” rahbari ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, mazkur loyihalar bo‘yicha tegishli takliflarni tayyorlash jarayonlarini jadallashtirish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar neft-gaz sohasida yuqori texnologiyalarni joriy etish, geofizika xizmatlari samaradorligini oshirish hamda quduqlarni burg‘ilash va sinovdan o‘tkazish jarayonlarida zamonaviy yechimlarni keng qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling