“Oʻzbekneftgaz” ADCB bilan hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” ADCB bilan hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” ADCB bilan hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” xalqaro ko‘rgazma va anjumani doirasida "O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati Abu Dhabi Commercial Bank (ADCB) banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda kompaniyada amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash chora-tadbirlari, yangi investitsiya loyihalari hamda amaldagi hamkorlik doirasida erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Bank vakillari 2026 yilda “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatini moliyalashtirishni kengaytirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling