O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Yangi taraqqiyot banki hamkorlikni muhokama qilishdi

UzDaily · 18.06.2026 · 17:50 · 32 views
Oʻzbekiston va Yangi taraqqiyot banki hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yangi taraqqiyot banki hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Russeff xonim bilan uchrashdi.

Yangi taraqqiyot banki 2015-yilda BRIKS mamlakatlari tomonidan rivojlanayotgan davlatlar hamda shakllanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda infratuzilma va barqaror rivojlanish loyihalarini moliyalashtirish uchun resurslarni safarbar etish maqsadida tashkil etilgan ko‘p tomonlama taraqqiyot bankidir.

Muzokaralar davomida tomonlar Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Energetika va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish hamda strategik ahamiyatga ega tashabbuslarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

UzDaily · 👁 32 views · 18.06.2026 · 17:50