Oʻzbekiston va Ummon siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazdi
Oʻzbekiston va Ummon siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 30-iyun kuni Maskat shahrida O‘zbekiston Respublikasi va O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalifa al-Xarisiy boshchilik qildi.
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan atroflicha fikr almashildi.