O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

UzDaily · 17.06.2026 · 16:14 · 30 views
Oʻzbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston va Turkiya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16-iyun kuni Turkiya savdo vaziri Omer Bolat hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ijtimoiy-iqtisodiy sheriklik aloqalarini kengaytirish, mavjud hamkorlikni yangi yo‘nalishlar va zamonaviy loyihalar bilan boyitish, shuningdek, savdo-iqtisodiy munosabatlarni amaliy mazmun bilan yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida bugungi kunda xalqaro yuk tashish tizimida muhim ahamiyat kasb etayotgan O‘rta koridor loyihasi doirasida hamkorlikni rivojlantirish, transport-logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, jumladan, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida Turkiyaning ilg‘or tajribasidan foydalanish, zamonaviy agrotexnika vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish sohasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda tomonlar Hukumatlararo komissiya doirasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish, qo‘shma loyihalarni tizimli ravishda ilgari surish va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni aniq amaliy natijalar bilan boyitish borasida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Shu bilan birga, tomonlar davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida Turkiya kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Muloqot davomida Turkiya savdo vaziri Omer Bolat O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, xususiy sektor faolligini oshirish hamda iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish borasida erishilayotgan natijalarni yuqori baholadi. Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda jadal iqtisodiy transformatsiya va barqaror rivojlanishning muhim markazlaridan biriga aylanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.

UzDaily · 👁 30 views · 17.06.2026 · 16:14