O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Shri-Lanka iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 11.07.2026 · 09:50 · 33 views
Oʻzbekiston va Shri-Lanka iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Shri-Lanka iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux Gulamov Shri-Lanka Tashqi ishlar vazirligi kotibi Aruni Ranaraja bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda O‘zbekiston va Shri-Lanka o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Turizm, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, qimmatbaho toshlar, transport va logistika, farmatsevtika hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, amaliy loyihalarni muvofiqlashtirish maqsadida Qo‘shma hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.